Jamiyat

Nukusda “samosud”: bir guruh ayollar boshqa bir ayolni do‘pposladi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh ayollar tomonidan bir ayolni do‘pposlanayotgant aks etgan video tarqaldi.

Nukusda “samosud”:  bir guruh ayollar boshqa bir ayolni do‘pposladi

 

Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston IIV Matbuot xizmati maʼlumot berdi.

 

Aniqlanishicha, fuqaro L.A.ning og‘zaki ko‘rsatmasiga ko‘ra, Nukus shahrida yashovchi Yu.S., J.D., K.A., M.D. hamda Xo‘jayli tumanida yashovchi B.G.lar bilan o‘z ora gap talashib, har xil uyatli so‘zlar bilan haqoratlagan va bunga chiday olmagan L.A. S.Yu bilan janjallashgan vaqtida ayollar S.Yu.ning yonidagi tanishlari ushbu janjalga qo‘shilib, L.A.ni urib do‘pposlagan.

 

Mazkur hodisa yuzasidan huquq tartibot organlari tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"