Jahon

Yelizaveta II Bukingem saroyini butunlay tark etdi

U yerga shahzoda Charlz qirol bo‘lganida ko‘chib o‘tadi.

Yelizaveta II Bukingem saroyini butunlay tark etdi

 

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Bukingem saroyini butunlay tark etdi.

U Vindzor saroyiga ko‘chib o‘tdi. Bu yerda u lokdaun davrida ko‘p vaqt o‘tkazgan.

 

The Sunday Times yozishicha, qirolicha Vindzor saroyini yoqtiradi, chunki uning ikki o‘g‘li yaqin atrofda yashaydi.

 

Qirolicha Vindzor saroyidan turib faoliyatini davom ettirishi aytilmoqda.

Bukingem saroyida esa to‘liq taʼmirlash ishlari boshlanadi va 2027 yilgacha davom etadi. Kelajakda shahzoda Charlz va uning rafiqasi Kamilla ko‘chib o‘tishi mumkin.

Qirolicha bir muddat avval koronavirusga chalingan edi. 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"