O'zbekiston

O‘zbekistonda avtomobil uchun “notarius” to‘lovlari kamaytirilmoqda

Bundan tashqari, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirishda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat bojini to‘lashdan ozod qilinishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda avtomobil uchun “notarius” to‘lovlari kamaytirilmoqda


 
“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi masala deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rusul Kusherbayev o‘zining rasmiy telegram sahifasida ma’lum qildi.


 
Unga ko‘ra, notarial harakatlar uchun to‘lanadigan bojlar sezilarli darajada kamaytirilmoqda. Jumladan:


 
– Vafot etgan fuqaroning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minotiga nisbatan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berishda davlat bojidan ozod qilish maqsadida notarial harakatlar amalga oshirilganda shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘idagi mablag‘lari uchun davlat bojini to‘lashdan ozod etilmoqda;


 
– Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi hujjatlarni rasmiylashtirish hamda berishda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar identifikasiya ID-kartalarini berganlik uchun davlat bojini to‘lashdan ozod qilinmoqda;


 
Mazkur imtiyoz yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar tomonidan birinchi marotaba identifikasiya ID-kartalari olganda qo‘llaniladi. 


 
Ko‘chmas mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun:


 
–  agar ko‘chmas mol-mulk Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlarida joylashgan bo‘lsa BHMning 1,5 baravari (amalda maydoniga qarab BHMning 1 baravaridan BHMning 3 baravarigacha);


 
– agar ko‘chmas mol-mulk boshqa aholi punktlarida joylashgan bo‘lsa BHMning 1 baravari (amalda maydoniga qarab BHMning 50 foizidan BHMning 1,5 baravarigacha); 


 
Mol-mulkni ijaraga berish shartnomasini tasdiqlaganlik yoki unga o‘zgartirishlar kiritganlik uchun:


 
–  mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onalariga, bolalariga va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga BHMning 10 foizi (amalda BHMning 25 foizi);


 
–  jismoniy shaxslar uchun BHMning 25 foizi (amalda BHMning 50 foizi);


 
–  yuridik shaxslar uchun yoki agar taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lsa BHMning 50 foizi (amalda BHMning 1 baravari);


 
– mol-mulkdan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun, bundan “p” kichik bandida belgilangan hollar mustasno BHMning 25 foizi (amalda BHMning 50 foizi);


 
Garov, ipoteka va lizing shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun:


 
– jismoniy shaxslar o‘rtasida BHMning 1 baravari (amalda shartnoma summasiga qarab jismoniy shaxslar uchun BHMning 1 baravaridan BHMning 2 baravarigacha);


 
– yuridik shaxslar o‘rtasida yoki taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lsa BHMning 2 baravari (amalda shartnoma summasiga qarab yuridik shaxslar uchun BHMning 2 baravaridan BHMning 4 baravarigacha) etib belgilanmoqda.
 


Qarz shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun BHMning 25 foizi miqdorida undiriladi (amalda shartnoma summasiga qarab, qarz shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun BHMning 25 foizidan BHMning 1 baravarigacha). 
 


Qarz shartnomasi summasi chet el valyutasida ifodalansa, davlat bojining miqdori chet el valyutasidagi qarz summasining notarial harakat amalga oshirilgan sanadagi O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha milliy valyutadagi ekvivalentidan kelib chiqib hisoblanadi va undiriladi.

 

Avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun: 


 
– avtotransport vositasi uchun BHMning 3 baravari (amalda transport vositasi dvigatelining quvvati ot kuchiga va ishlab chiqarilgan sanasiga qarab BHMning 2 baravaridan BHMning 10 baravarigacha); 


 
– bitta mototransport, motoaravacha, motoqayiq uchun BHMning 25 foizi (amalda BHMning 10 foizidan BHMning 50 foizigacha); 


 
– avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf qilish huquqini beruvchi ishonchnomalarni va avtomototransport vositalaridan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun boj boshqa shaxslarga BHMning 2 baravari (amalda BHMning 3 baravari) belgilanmoqda.

 

 

custom img

“Ravshan Zolotoy” nomi bilan tanilgan shaxs xalqaro qidiruvga berildi

Ravshan Muhitdinov mulkni qasddan yo‘q qilish yoki shikastlash, jinoiy uyushma tashkil etish hamda bezorilik bilan ayblanmoqda

custom img

“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Unga o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan 300 million so‘m asossiz olingan

Narxnomada ko‘rsatilgan, ammo amalda ishlatilmagan materiallar uchun ham fuqarolardan to‘lov undirilgan.

custom img

Andijonda ayol eriga noto‘g‘ri ukol qilib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qayd etilishicha, jalaquduqlik ayol tibbiyot kollejini qizil diplomga tamomlab, oila aʼzolariga tibbiy muolajalar ko‘rsatib kelgan. Shamollagan turmush o‘rtog‘iga antibiotik qo‘llaganidan keyin uning tili orqaga ketib qolgan.

custom img

Berlinda ilk bor O‘zbekiston–Germaniya kasbiy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi

Germaniyadagi ish beruvchilar bilan bir nechta hamkorlik shartnomalari imzolandi.

custom img

Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 30 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga harbiy tayyorgarlik va Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan axborot taqdim etildi.

custom img

Sobiq IIV o‘rinbosari Bеkmurod Abdullayev garov evaziga ozod etildi

U davlatga yetkazilgan 200 mlrd so‘m zarar to‘liq qoplangach qamoq ehtiyot chorasi garov evaziga o‘zgartirilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

2030-yilgacha kommunal infratuzilmani yanada rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

O‘zbekistonda avtomobil uchun “notarius” to‘lovlari kamaytirilmoqda