Siyosat

O‘zbekiston — Pokiston o‘rtasida 60 ta yangi investitsiya va savdo kelishuvlari imzolandi

Oziq-ovqat, qurilish, bank-moliya kabi asosiy yo‘nalishlarda kooperatsiyani kengaytirish yuzasidan muhim kelishuvlarga erishildi.

O‘zbekiston — Pokiston o‘rtasida 60 ta yangi investitsiya va savdo kelishuvlari imzolandi

 

Islomoboddagi O‘zbekiston va Pokiston muzokaralari yakunida ikii tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi.

 

Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Imron Xon O‘zbekiston bilan Pokiston Islom Respublikasi o‘rtasida Strategik sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha kelgusi qadamlar to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar.

Shuningdek, hukumatlar va idoralar o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risida, atrof-muhitni asrash, ziyorat turizmi, temir yo‘l sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risida kelishuvlar, Surxondaryo viloyati bilan Xayber-Paxtunxva provinsiyasi, Toshkent shahri bilan Islomobod shahri o‘rtasida shartnomalar kabi 10 ga yaqin hujjat imzolandi.

 

Bundan tashqari, farmatsevtika, to‘qimachilik, charm-poyabzal, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, bank-moliya va boshqa asosiy yo‘nalishlarda kooperatsiyani kengaytirish yuzasidan muhim kelishuvlarga erishildi. Tashrif arafasida o‘tkazilgan ishbilarmonlik tadbirlari natijasida umumiy qiymati 800 million dollarlik 60 ta yangi investitsiya va savdo kelishuvlari imzolandi.

 

Tomonlar Markaziy va Janubiy Osiyoning o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlashga qaratilgan yirik qo‘shma transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirishga kelishib oldilar.

Pokiston hududi orqali xalqaro dengiz portlariga chiquvchi “Termiz – Mozori Sharif – Kobul – Peshovar” strategik temir yo‘lini qurish ishlarini yaqin muddatlarda boshlash muhimligi alohida taʼkidlandi.

 

“Asr loyihasi” deb atalayotgan “Termiz – Mozori-Sharif – Kobul - Peshovar” temir yo‘li nafaqat mamlakatlarimiz, balki keng mintaqalarimiz xalqlari umumiy ravnaqiga hissa qo‘shadi, deb ishonamiz, – deb taʼkidladi Shavkat Mirziyoyev.

custom img

Saida Mirziyoyeva Sergey Kiriyenko bilan uchrashuv o‘tkazdi

Savdo, IT va energetika sohalarida qo‘shma loyihalar ko‘rib chiqildi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

Atom energetikasi va raqamli sohalarda hamkorlikni kuchaytirish muhokama qilindi.

custom img

Toqayev Qozog'istonga yetib borgach, Mirziyoyevga maktub yo'lladi

Qozog‘iston yetakchisi Buxoro shahriga amaliy tashrifi chog‘ida ko‘rsatgan alohida mehmondo‘stlik va samimiyat uchun Shavkat Mirziyoyevga chin dildan minnatdorlik bildirgan.

custom img

Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Tadbir yakunlangach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari kuzatib qo‘ydi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar

Tashrif davomida Prezidentlarga tarixiy yodgorliklar va hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonda ishtirok etdi

Buxorodagi AI xakatonda davlat rahbarlariga sunʼiy intellekt asosidagi innovatsion loyihalar va startaplar taqdim etildi.

custom img

Qozog‘iston Prezidentiga noyob arxiv materiallarining nusxalari hadya qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Buxoroda muzokara o‘tkazdi

Muzokarada tomonlar yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish va “yashil” energiya eksporti bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish masalalarini ham muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

O‘zbekiston — Pokiston o‘rtasida 60 ta yangi investitsiya va savdo kelishuvlari imzolandi