Siyosat

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo yashil savdo yo‘lagi”ni shakllantirishni taklif etdi

Bu texnologik o‘tish jarayonlarini tezlashtiradi.

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo yashil savdo yo‘lagi”ni shakllantirishni taklif etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mintaqaviy ekologik sammitda nutq so‘zlab, texnologik o‘tish jarayonlarini tezlashtirish uchun “Markaziy Osiyo yashil savdo yo‘lagi”ni shakllantirishni taklif etdi

 

O‘zbekiston Prezidenti nutqi davomida bir qator aniq takliflarni ilgari surdi:

 

Birinchi. Atmosfera havosining sifati yomonlashayotgan sharoitda “Markaziy Osiyoning toza havosi” davlatlararo konsorsiumini ta’sis etish mintaqa aholisi salomatligini himoya qilishda muhim qadam bo‘ladi. Konsorsium sanoatni modernizatsiya qilib, havoga chiqarilayotgan zararli moddalar uchun tozalash tizimlarini joriy etadigan “yashil” moliyalashtirishning qo‘shma operatoriga aylanishi mumkin.

 

Ikkinchi. O‘zbekistondagi Yashil universitet huzurida faoliyat yuritayotgan Cho‘llanishga qarshi kurashish, qurg‘oqchilikning oldini olish hamda qum va chang bo‘ronlari haqida barvaqt ogohlantirish markaziga mintaqaviy maqom berishni taklif etdi. Markaz bazasida ilmiy salohiyatni birlashtirish yerlarning degradatsiyasi hamda tuz va changli bo‘ronlarni monitoring qilish bo‘yicha kuchli tizimni yaratish imkonini beradi.

 

Uchinchi. Texnologik o‘tish jarayonlarini tezlashtirish uchun “Markaziy Osiyo yashil savdo yo‘lagi”ni shakllantirishni taklif etdi. Imtiyozli bojxona tartiblarini joriy etish va ekomahsulotlar uchun sertifikatlarni o‘zaro tan olish ishlab chiqarishni jadal modernizatsiya qilish va mahsulotlarimizning raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi.

 

To‘rtinchi. Markaziy Osiyo iqlim loyihalarining yagona investitsiya portfelini yaratish keyingi qadam bo‘lishi kerak. Bu tarqoq tashabbuslar bilan emas, balki mintaqani rivojlantirish bo‘yicha yaxlit strategiya bilan harakat qilish imkonini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, uni amalga oshirish uchun sheriklarda qiziqishni kuchaytiradi.

 

Beshinchi. Markaziy Osiyo atrof-muhitidagi o‘zgarishlarning yagona mintaqaviy atlasini yaratish ham mintaqa kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega. Bu atlas mintaqadagi cho‘llanish, tuproq degradatsiyasi jarayonlari va suv resurslari holati dinamikasini yaqqol ifoda etadigan fundamental ilmiy-tahliliy bazaga aylanadi.

 

Oltinchi. Biologik xilma-xillikni saqlash uchun “Markaziy Osiyo Qizil kitobi”ni birgalikda ishlab chiqishni taklif etdi. Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Toshkentdagi mintaqaviy ofisi bu ishda muvofiqlashtiruvchi bo‘lishi mumkin. Mintaqa “Qizil kitob”i yo‘qolib borayotgan turlarning shunchaki ro‘yxatidan iborat bo‘lib qolmasdan, sohada hamkorlikdagi ishlar uchun amaliy platformaga aylanishi lozim.

 

Yettinchi. Iqlim kun tartibi va ekologik madaniyatni ilgari surish uchun ekologik ta’lim va yoshlarni faol jalb etish juda muhim. Shu maqsadda Bokuda bo‘lib o‘tgan COP-29 anjumani davomida mamlakatlar yoshlari ishtirokida Ekologiya bo‘yicha maslahat qo‘mitasi tuzilgan edi. Ushbu qo‘mita platformasida 2027-yilda O‘zbekistonda Butunjahon yoshlar iqlim forumini o‘tkazishni taklif etdi.

 

Sakkizinchi. Ekologik kun tartibini ilgari surish doirasida shu yilning 31-may – 5-iyun kunlari Samarqandda Global ekologik fondning sakkizinchi assambleyasi, sentyabr oyi oxirida esa Suvni tejash bo‘yicha butunjahon forumi bo‘lib o‘tadi.

 

O‘zbekiston yetakchisi Markaziy Osiyo yetakchilarini ushbu xalqaro anjumanlarda faol ishtirok etishga taklif etgan.

 

“Aminmanki, ularning natijalari mamlakatlarimiz va butun mintaqaning barqaror rivojlanishiga qaratilgan amaliy tashabbuslarni ro‘yobga chiqarishga salmoqli hissa qo‘shadi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Ostonada Mintaqaviy ekologik sammit tadbirlari boshlangani haqida xabar berilgan edi. Xalqaro ko‘rgazmalar markazida O‘zbekiston Prezidentini Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev kutib olgan.

custom img

Prezidentga Turkiya bilan harbiy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha axborot berildi

Ikki mamlakat o‘rtasida harbiy sohadagi sheriklikni yanada rivojlantirish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

Davlat rahbari tashrif doirasida Mintaqaviy ekologik sammit, OQXJ yig‘ilishi va bir qator uchrashuvlarda ishtirok etdi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2027–2029-yillarda OQXJ prezidenti etib saylandi

Oʻzbekiston Prezidenti Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasiga raislikning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga yetib bordi

Aeroportda davlat rahbarini Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov kutib oldi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21–22-aprel kunlari amaliy tashrif bilan Ostona shahrida boʻladi

Oʻzbekiston Prezidenti tashrif doirasida Mintaqaviy ekologik sammit va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi yig‘ilishida ishtirok etadi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

“INNOPROM” ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, yangi texnologik va sanoat loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

custom img

MDH mamlakati tashqi ishlar vazirlari uchrashdi

MDH mamlakatlari sheriklikni har tomonlama mustahkamlashga qaratilgan 10 ta qarorni qabul qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Sergey Kiriyenko bilan uchrashuv o‘tkazdi

Savdo, IT va energetika sohalarida qo‘shma loyihalar ko‘rib chiqildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"