O'zbekiston

Chirchiqda vagon ustiga chiqqan o‘smirni tok urdi

U vagon ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan.

Chirchiqda vagon ustiga chiqqan o‘smirni tok urdi

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida 17 yoshli o‘smirni poyezd vagoni ustida tok urib, u og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda “Millar” ko‘rsatuvida xabar berildi

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa 1-aprel kuni Bo‘zsuv temiryo‘l stansiyasida yuz bergan. 2009-yilda tug‘ilgan yigit do‘stlari bilan birga Bo‘zsuv temiryo‘l stansiyasida turgan vagonlardan birining ustiga chiqib, selfi tushmoqchi bo‘lgan. Shu payt elektr tarmog‘idagi yuqori kuchlanish sabab yigitni tok urgan.

 

Shifokorlarning qayd etishicha, kuchlanishdan yuzaga kelgan elektr yoyi alangasi oqibatida o‘smir og‘ir kuyish jarohatini olib, yerga yiqilgan. Tekshiruvlarda yigit tanasining qariyb 80–85 foizi kuygani aniqlanib, u reanimatsiya bo‘limiga joylashtirilgan.

 

Shifokorlar uning ahvoli o‘ta og‘ir ekanini bildirib, bemorga intensiv davolash muolajalari olib borilayotganini va holat doimiy nazorat ostida ekanini ma’lum qildi.

 

custom img

“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Unga o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan 300 million so‘m asossiz olingan

Narxnomada ko‘rsatilgan, ammo amalda ishlatilmagan materiallar uchun ham fuqarolardan to‘lov undirilgan.

custom img

Andijonda ayol eriga noto‘g‘ri ukol qilib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qayd etilishicha, jalaquduqlik ayol tibbiyot kollejini qizil diplomga tamomlab, oila aʼzolariga tibbiy muolajalar ko‘rsatib kelgan. Shamollagan turmush o‘rtog‘iga antibiotik qo‘llaganidan keyin uning tili orqaga ketib qolgan.

custom img

Berlinda ilk bor O‘zbekiston–Germaniya kasbiy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi

Germaniyadagi ish beruvchilar bilan bir nechta hamkorlik shartnomalari imzolandi.

custom img

Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 30 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga harbiy tayyorgarlik va Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan axborot taqdim etildi.

custom img

Sobiq IIV o‘rinbosari Bеkmurod Abdullayev garov evaziga ozod etildi

U davlatga yetkazilgan 200 mlrd so‘m zarar to‘liq qoplangach qamoq ehtiyot chorasi garov evaziga o‘zgartirilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

2030-yilgacha kommunal infratuzilmani yanada rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

custom img

2026-yil maydan ayrim IESlarda elektr energiyasi ishlab chiqarish tariflari oshiriladi

O‘zgarishlar aholi va yakuniy iste’molchilarga tatbiq etilmaydi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"