Jahon

Turkiya rasmiysi Istanbulda sodir bo‘lgan otishma yuzasidan rasmiy bayonot berdi

Hujum qilganlarning shaxsi aniqlanib, hodisa yuzasidan tergov ishlari boshlangan.

Turkiya rasmiysi Istanbulda sodir bo‘lgan otishma yuzasidan rasmiy bayonot berdi

Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan “Yapı Kredi Plaza” binolari oldida xizmat qilayotgan politsiya xodimlariga qarshi qurolli hujum amalga oshirilgani yuzasidan Turkiya Prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi rahbari Burhanettin Duran rasmiy bayonot berdi.

 

Rasmiy bayonotga ko‘ra, hujum uyushtirgan 3 nafar shaxs zararsizlantirilgan. Xavfsizlik kuchlarining tezkor va qat’iy harakati natijasida ehtimoliy yirik xavfning oldi olingan.

 

Shuningdek, qurolli to‘qnashuv davomida 2 nafar politsiya xodimi yengil jarohat olgan. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, hujum qilganlarning shaxsi aniqlangan bo‘lib, hodisa yuzasidan tergov ishlari boshlangan. Rasmiylar ushbu hodisa Turkiyaning “terrorsiz davlat” va “terrorsiz mintaqa” barpo etish yo‘lidagi qat’iyatiga ta’sir ko‘rsatmasligini ta’kidlagan. 

 

Avvalroq Istanbulda joylashgan Isroil konsulxonasi binosi tashqarisida politsiya va hujumchilar o‘rtasida uzoq davom etgan otishmada ikki nafar hujumchi o‘ldirilib, ulardan biri og‘ir yaralangani haqida xabar berilgandi.

custom img

NASA'ning “Artemis II” missiyasi astronavtlari Yerga muvaffaqiyatli qo‘ndi

Qo‘nish jarayonida tashqi harorat 2 760 darajagacha ko‘tarilib, bu qisqa muddatli aloqa uzilishiga sabab bo‘lgan.

custom img

Eron delegatsiyasi AQSh bilan muzokara o‘tkazish uchun Islomobodga yetib keldi

Shuningdek, AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens ham Pokistonga jo‘nab ketgan.

custom img

Erondagi urush ocharchilik xavfini 360 milliondan oshirishi mumkin

Mamlakatdagi harbiy mojaro dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi muammolarini chuqurlashtirmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozida 3200 kema xavfsiz o‘tishni kutmoqda

Muqobil yo‘nalishlarga o‘tish logistika xarajatlari va yetkazib berish vaqtini oshirmoqda.

custom img

Nazarboyevning qizlari Qozog'istonning eng boy ayollari ro'yxatida yetakchisi — Forbes reytingi

Reytingda birinchi o‘rinni 5,4 milliard dollar bilan Dinara Kulibayeva egallagan.

custom img

OpenAI va ChatGPT AQShdagi otishma ishi bo‘yicha sudga tortilishi mumkin

Otishmada halok bo‘lgan talabadan birining oilasi hujumchi chatbotdan maslahat olganini da’vo qilmoqda.

custom img

Eron vayronagarchiliklarga qaramay urushda g‘alaba qozondi — Xomanaiy

Eron oliy rahbari Hormuz bo‘g‘ozi nazorati yangi bosqichga ko‘tarilishi ta'kidladi.

custom img

Tramp Eronni Hormuz bo‘g‘ozida to‘lov undirishdan voz kechishga chaqirdi

Uning fikricha, Tehronning Hormuz bo‘g‘ozidagi harakatlari kelishuvlarga zid hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"