Sport

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Janubiy Koreyaga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

Jahon chempionati yo‘llanmasi navbatdagi o‘yinda hal bo‘ladi.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Janubiy Koreyaga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Avstraliyada o‘tayotgan Osiyo kubogi chorakfinal bosqichi doirasida Janubiy Koreya ayollar milliy terma jamoasi bilan kuch sinashdi va yakunda koreyaliklarga yirik, 6:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.

 

Shu tariqa, terma jamoamiz Jahon chempionatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma olish imkonini boy berdi. Endi jamoa o‘tish o‘yinlari orqali mundial chiptasini qo‘lga kiritishga urinib ko‘radi.

 

Ma’lumot o‘rnida, Osiyo kubogida yarimfinalga yo‘l olgan 4 jamoa to‘g‘ridan to‘g‘ri, yana 2 jamoa esa saralash o‘yinlari orqali mundialga yo‘l oladi.

 

Ayollar o‘rtasida Osiyo kubogi. Chorakfinal Janubiy Koreya — O‘zbekiston 6:0 Gollar: Xva-Yeon 9, Yo Jin 21, So-Yeon 57, So-Yun 72, Yu-Yong 86, Sel-Gi 90+3

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"