Eronda talabalar hukumatga qarshi namoyishga chiqdi
Ular oyatulloh Ali Xominaiy siyosatidan norozi.

Eron poytaxti Tehrondagi bir nechta universitet talabalari yangi semestrning birinchi kunida kampuslar hududida to‘plandi. Bu haqida Financial Times nashri xabar bermoqda.
Talabalar mamlakatning oliy rahbari oyatulloh Ali Xominaiyga qarshi. Baʼzilari yanvar oyida hibsga olingan kursdoshlarini ozod etishni talab qilmoqda.
Maʼlumot uchun, Erondagi hukumatga qarshi ommaviy namoyishlar dekabr oxirida Tehronda boshlangandi. Dastlab iqtisodiy tusga ega bo‘lgan namoyish, tez orada siyosiy xarakter kasb etib, butun mamlakatga yoyilgan.
Eron rasmiylari namoyishlarni shafqatsizlik bilan bostirdi. Hukumat maʼlumotlariga ko‘ra, namoyishlarda 5000 kishi halok bo‘lgan, boshqa manbalarda esa bu raqam 30 000 nafargacha yetishi mumkinligi aytiladi.







