Jahon

Putin aloqa xizmatlarini bloklashga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi

Rasmiylar bu qonunni Ukraina dronlarining hujumlari bilan asoslagan edi.

Putin aloqa xizmatlarini bloklashga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin aloqa xizmatlarini bloklashga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi.

 

Unga ko‘ra, aloqa operatorlari Federal xavfsizlik xizmati talabi bilan prezidentning normativ-huquqiy hujjatlarida ko‘rsatilgan hollarda mobil aloqa va simli internet xizmatlarini cheklashi shart bo‘ladi. Bunday vaziyatda aloqa uzilishi abonent bilan tuzilgan shartnomani buzsa ham operator javobgarlikka tortilmaydi.

 

Qonun loyihasining dastlabki talqinida FXXga “fuqarolar va davlatni yuzaga kelayotgan xavfsizlik tahdidlaridan himoya qilish maqsadida” yangi vakolat berilishi nazarda tutilgan edi. Biroq Davlat Dumasidagi ikkinchi o‘qish jarayonida ushbu iboralar hujjatdan chiqarib tashlangan.

 

Maʼlum qilinishicha, qabul qilingan mazkur qonun Rossiya prezidentiga butun mamlakat bo‘ylab yoki alohida hududda aloqa xizmatlarini cheklash shartlarini mustaqil ravishda belgilash huquqini beradi va bu qaror sabablarini ochiq izohlash majburiyatini yuklamaydi.

 

Avvalroq rasmiylar ushbu qonun zarurligini Ukraina dronlari hujumlari bilan asoslagan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"