O'zbekiston

Toshkent viloyatida OIVni qasddan yuqtirish bilan bog‘liq 20 ta jinoyat aniqlandi

Hozirda aniqlangan barcha holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakati olib borilmoqda.

Toshkent viloyatida OIVni qasddan yuqtirish bilan bog‘liq 20 ta jinoyat aniqlandi

 

Toshkent viloyati IIBB JQB Axloq va sog‘liqqa qarshi jinoyatlar bilan kurashish bo‘linmasi tezkor xodimlari tomonidan yilning o‘tgan 6 oyi davomida OIV infeksiyasi bilan kasallangan shaxslar infeksiyani qasddan o‘zga shaxsga yuqtirish bilan bog‘liq 20 ta jinoiy holat aniqlanib, kasallik yana-da tarqalishining oldi olindi.

 

IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi 35 yoshli ikki ayol OIV kasalligi bilan ro‘yxatda turib, qonuniy ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramay joriy yil iyun oyida 35 va 53 yoshli shaxs bilan jinsiy aloqada bo‘lgani va bu orqali ushbu shaxslar va boshqalarning hayotini xavf ostida qoldirgani aniqlangan. Shaxslar protsessual ushlangan.

 

Angren shahrida yashovchi 24-43 yosh orqasidagi uch nafar ayol va bir nafar erkak ham OIV kasalligi bilan ro‘yxatda turib, qonuniy ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramay o‘zga shaxs bilan jinsiy aloqada bo‘lgani aniqlangan va tegishli tartibda ushlangan.

 

Aniqlangan barcha holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan JKning 113-moddasi (tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakati olib borilmoqda.

custom img

“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Unga o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan 300 million so‘m asossiz olingan

Narxnomada ko‘rsatilgan, ammo amalda ishlatilmagan materiallar uchun ham fuqarolardan to‘lov undirilgan.

custom img

Andijonda ayol eriga noto‘g‘ri ukol qilib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qayd etilishicha, jalaquduqlik ayol tibbiyot kollejini qizil diplomga tamomlab, oila aʼzolariga tibbiy muolajalar ko‘rsatib kelgan. Shamollagan turmush o‘rtog‘iga antibiotik qo‘llaganidan keyin uning tili orqaga ketib qolgan.

custom img

Berlinda ilk bor O‘zbekiston–Germaniya kasbiy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi

Germaniyadagi ish beruvchilar bilan bir nechta hamkorlik shartnomalari imzolandi.

custom img

Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 30 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga harbiy tayyorgarlik va Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan axborot taqdim etildi.

custom img

Sobiq IIV o‘rinbosari Bеkmurod Abdullayev garov evaziga ozod etildi

U davlatga yetkazilgan 200 mlrd so‘m zarar to‘liq qoplangach qamoq ehtiyot chorasi garov evaziga o‘zgartirilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

2030-yilgacha kommunal infratuzilmani yanada rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

custom img

2026-yil maydan ayrim IESlarda elektr energiyasi ishlab chiqarish tariflari oshiriladi

O‘zgarishlar aholi va yakuniy iste’molchilarga tatbiq etilmaydi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"