O'zbekiston

Qurbon hayiti tarixi aks etgan temuriylar davri miniatyurasi aniqlandi

U hozirda Portugaliyadagi kolleksiyada saqlanmoqda.

Qurbon hayiti tarixi aks etgan temuriylar davri miniatyurasi aniqlandi

 

Yer yuzidagi yuz millionlab musulmonlar bugun Iyd al-Adha - Qurbon hayitini nishonlamoqda. Rivoyatlarga ko‘ra, bu anʼana hz. Ibrohim (a.s.) Alloh tomonidan imtihon qilingan kundan boshlanadi.

 

Maʼlumki, diniy manbalarda, xususan, Bibliya va Qurʼonda Ibrohim (a.s.)ning o‘z o‘g‘illarini Yaratganning amriga binoan qurbonlik qilmoqchi bo‘lgani yoziladi. Ibrohim (a.s.) Allohga bo‘lgan itoatlari sabab o‘z o‘g‘illarini uydan olib chiqadilar. Belgilangan joyga borib, Ismoil (a.s.)ning bo‘g‘ziga pichoq qadaganlarida, Allohning izni bilan Jabroil (a.s.) jannatdan bir qo‘chqor olib chiqadi va Ismoil (a.s.) qurbonlikdan qutuladilar.

 

Bu voqea Qurʼoni karimning “as-Soffat” surasida tilga olinadi. Suraning 106-107-oyatlarida o‘qiymiz. “Albatta, bu ochiq-oydin sinovning ayni o‘zidir. Biz uning o‘rniga katta qurbonlik fido qildik”.

 

O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqovning maʼlumot berishicha, Lissabon (Portugaliya)dagi Gyulbenkyan kolleksiyasida temuriylar davriga oid bir qo‘lyozma saqlanadi.  1410–1411 yillarda Sherozda ko‘chirilgan ushbu muraqqaʼ (albom)da Ibrohim (a.s.) o‘z o‘g‘lini qurbon qilayotganlari aks ettiriladi.

 

Suratda ayni ana shu oyatlarda zikr qilingan holat tasvirini ko‘rishimiz mumkin. Unda Ibrohim (a.s.) o‘z o‘g‘li Ismoil (a.s.)ning bo‘yniga pichoq tirab turganlari tasvirlangan. Sarg‘ish rangli fonda havoda muallaq turgan to‘rt nafar qanotli farishta ko‘zga tashlanadi. Ibrohim (a.s.)ning qarshisida jannatdan qo‘chqor olib chiqqan Jabroil (a.s.)  qanotli ayol ko‘rinishida tasvirlangan

 

“Muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish va targ‘ib etishga katta eʼtibor qaratilyapti. Jamiyatimiz aʼzolari ushbu eʼtibor va g‘amxo‘rlikdan ruhlanib, dunyoning turli hududlaridan xalqimiz maʼnaviy merosining ko‘plab durdonalarini aniqlashmoqda. Fursatdan foydalanib barcha hamyurtlarimizni Butunjahon jamiyati aʼzolari nomidan Qurbon hayiti bilan muborakbod etaman!”, — deydi Firdavs Abduxoliqov.

 

custom img

“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Unga o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan 300 million so‘m asossiz olingan

Narxnomada ko‘rsatilgan, ammo amalda ishlatilmagan materiallar uchun ham fuqarolardan to‘lov undirilgan.

custom img

Andijonda ayol eriga noto‘g‘ri ukol qilib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qayd etilishicha, jalaquduqlik ayol tibbiyot kollejini qizil diplomga tamomlab, oila aʼzolariga tibbiy muolajalar ko‘rsatib kelgan. Shamollagan turmush o‘rtog‘iga antibiotik qo‘llaganidan keyin uning tili orqaga ketib qolgan.

custom img

Berlinda ilk bor O‘zbekiston–Germaniya kasbiy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi

Germaniyadagi ish beruvchilar bilan bir nechta hamkorlik shartnomalari imzolandi.

custom img

Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 30 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga harbiy tayyorgarlik va Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan axborot taqdim etildi.

custom img

Sobiq IIV o‘rinbosari Bеkmurod Abdullayev garov evaziga ozod etildi

U davlatga yetkazilgan 200 mlrd so‘m zarar to‘liq qoplangach qamoq ehtiyot chorasi garov evaziga o‘zgartirilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

2030-yilgacha kommunal infratuzilmani yanada rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

custom img

2026-yil maydan ayrim IESlarda elektr energiyasi ishlab chiqarish tariflari oshiriladi

O‘zgarishlar aholi va yakuniy iste’molchilarga tatbiq etilmaydi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Qurbon hayiti tarixi aks etgan temuriylar davri miniatyurasi aniqlandi