O'zbekiston

Aholi uchun eng dolzarb muammolar hal etilyapti

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhining o‘rganishlari eng chekka hududlarga ham kirib boryapti.

Aholi uchun eng dolzarb muammolar hal etilyapti

 

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhining o‘rganishlari eng chekka hududlarga ham kirib boryapti va aholi uchun eng dolzarb masalalarni o‘z yechimini topishga xizmat qilyapti.

 

Xususan, tuproq ko‘chalarning tosh yo‘llarga aylantirilishi, elektr energiyasi, gaz yoki ichimlik suvi taʼminotida yechim topilayotgan muammolar, bularning barchasi — yozda qishga ko‘rilayotgan hozirlik aslida. Prezident Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar tahlili asosida tanlab olingan eng og‘ir hududlardagi bu kabi tizimli masalalarning aksariyati esa dasturlarga qo‘shimcha ko‘mak sifatida ichki imkoniyatlar hisobidan hal qilinyapti.

 

Farg‘ona viloyatida Respublika ishchi guruhining murojaatlar asosidagi o‘rganishlari natijasida 139 km tuproq yo‘llar shag‘allashtirilyapti. Ayni paytda biz turgan yaqinda Qo‘qon shahri tarkibiga kiritilgan “Oydinbuloq” mahallasining o‘zida 14 km tuproq yo‘llarga shag‘al yotqizilmoqda.

 

Shu bilan birga, 107 km uzunlikdagi avtomobil yo‘llarida 1 640 tonna asfaltbeton qorishmasi bilan chuqurchalar taʼmirlandi, 82 dona nur qaytaruvchi yo‘l belgilari o‘rnatildi va 25 ta joyda piyodalar o‘tish joylarini belgilash ishlari bajarildi.

 

Oydinbuloqliklarning aytishicha, 35-40 yil deganda ko‘chalar taʼmirlanib, eskirgan simyog‘ochlar beton ustunlarga almashtirilyapti. Yangi transformator o‘rnatilishi bilan 200 ga yaqin xonadon nurafshon bo‘lyapti.

 

Marg‘ilon shahri Chorchinor mahallasida ham hudud aholisi murojaatlari asosida yangi transformator va beton ustunlar o‘rnatilib, 1,5 km. tarmoq tortildiki, bu bilan 4 mingdan ziyod chorchinorliklarni o‘ylantirgan katta masala nihoyat hal qilindi.

 

Jami elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 113 ta temir beton tayanchlar yangilandi, 3 dona transformator o‘rnatildi hamda 4,7 km tarmoq tortildi.

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi va viloyat tibbiyot muassasalaridagi tajribali, yuqori malakali shifokorlar ishtirokida Yozyovon, Quva, Toshloq tumanlari, Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarida tashkil qilingan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar davomida 85 nafar bemorga davolanish uchun imtiyozli yo‘llanmalar berildi.

 

Oltiariq, Farg‘ona, Uchko‘prik tumanlari, Qo‘qon va Quvasoy shaharlarida esa ishsiz-ehtiyojmand 398 nafar murojaatchiga subsidiya asosida tikuv mashinalari, motokultivatorlar, inkubatorlar va boshqa mehnat anjomlari olib berildi.

 

Bundan tashqari, viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan 3 050 nafar fuqaro va tadbirkorlik subyektlariga 161,8 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratilishi taʼminlandi.

 

Bu kabi bunyodkorlik, obodlik va ezgulik harakati Farg‘onaning barcha tuman-shahrini qamrab olgan. Xalq bilan muloqotning “Oqqo‘rg‘on tajribasi” “Inson qadri uchun!” g‘oyasini hayotga tatbiq qilishda yana bir samarali mexanizm bo‘lib xizmat qilyapti.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada tok urgan 6 yoshli bola ishi bo‘yicha sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

custom img

O'zbekistonda “Raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash” mavzusida ilmiy- amaliy anjuman bo'lib o'tdi

Tadbirning asosiy maqsadi jamoatchilik ongi va iqtisodiy subyektlar ongida iqtisodiy xavfsizlik tushunchasini kengaytirish, raqamli iqtisodiyot sharoitida yuzaga kelayotgan tahdid va xavf-xatarlarni ilmiy jihatdan tahlil qilish hamda iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashda samarali muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Buxoroda 13 yoshli qiz ona bo'ldi

Gumonlanuvchi hozirda qamoqqa olingan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Surxondaryoda tomorqadan yiliga uch marta hosil olish amaliyoti kengaymoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termizda “Tomorqa maktabi” faoliyati bilan tanishdi.

custom img

“YEROSTIGAZ” AJ tomonidan korxonadan asossiz 2,8 mlrd so‘m mablag‘ olingani aniqlandi

Tarifni deklaratsiyasiz oshirish holati yuzasidan AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

custom img

Samarqandda MIB orqali garovdagi mulk topilib, xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan olgan qarzini to‘lamay kelgan. Garov evaziga qo‘yilgan avtomashinasini esa yashirib qo‘ygan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"