O'zbekiston

Toshkentda Barkamol avlod bolalar maktabi festivali o‘tkaziladi

Festivalda bolalar ijodiy ishlarining sotuvi tashkil etilib, sotuvdan tushgan pullar xayriyaga yo‘naltiriladi.

Toshkentda Barkamol avlod bolalar maktabi festivali o‘tkaziladi

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunini O‘zbekistonda keng nishonlash anʼanaga aylangan. Ayni shu munosabat bilan «Next» savdo-ko‘ngilochar markazida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika «Barkamol avlod» bolalar maktabi tashabbusi bilan iqtidorli o‘quvchi-yoshlarlar ishtirokida «Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari» shiori ostida festival bo‘lib o‘tadi.


«Festival kun tartibidan joylardagi ‘Barkamol avlod‘ bolalar maktablari to‘garak aʼzolari tayyorlagan qo‘l mehnati namunalari ko‘rgazmasi ham o‘rin olgan», - deydi Respublika «Barkamol avlod» bolalar maktabi direktori Sevara Mahmudova. 

 

Shuningdek, festivalda bolalar ijodiy ishlarining sotuvi ham tashkil etiladi. Sotuvdan tushgan pullar esa xayriya aksiyalariga yo‘naltiriladi.

 

Festival doirasida «Barkamol avlod» bolalar maktablari to‘garak aʼzolari hamda o‘zbek estradasining yorqin yulduzlari ishtirokida konsert dasturlari, qaynoq lazer shou dasturlari, musiqali fontan va ijodiy chiqishlar tashkil etiladi. Bundan tashqari, «Uzbekistan Foreign Experts group» xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan «Entry ijodkorlik» respublika onlayn tanlovi g‘oliblari taqdirlanadi. 

 

Eslatib o‘tamiz, bunday festivallar joylardagi «Barkamol avlod» bolalar maktablari tomonidan O‘zbekistonning barcha hududlari markaziy istirohat bog‘lari, xiyobon va ko‘ngilochar maskanlarida tashkil etiladi.

custom img

“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Unga o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan 300 million so‘m asossiz olingan

Narxnomada ko‘rsatilgan, ammo amalda ishlatilmagan materiallar uchun ham fuqarolardan to‘lov undirilgan.

custom img

Andijonda ayol eriga noto‘g‘ri ukol qilib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qayd etilishicha, jalaquduqlik ayol tibbiyot kollejini qizil diplomga tamomlab, oila aʼzolariga tibbiy muolajalar ko‘rsatib kelgan. Shamollagan turmush o‘rtog‘iga antibiotik qo‘llaganidan keyin uning tili orqaga ketib qolgan.

custom img

Berlinda ilk bor O‘zbekiston–Germaniya kasbiy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi

Germaniyadagi ish beruvchilar bilan bir nechta hamkorlik shartnomalari imzolandi.

custom img

Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 30 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga harbiy tayyorgarlik va Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan axborot taqdim etildi.

custom img

Sobiq IIV o‘rinbosari Bеkmurod Abdullayev garov evaziga ozod etildi

U davlatga yetkazilgan 200 mlrd so‘m zarar to‘liq qoplangach qamoq ehtiyot chorasi garov evaziga o‘zgartirilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

2030-yilgacha kommunal infratuzilmani yanada rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

custom img

2026-yil maydan ayrim IESlarda elektr energiyasi ishlab chiqarish tariflari oshiriladi

O‘zgarishlar aholi va yakuniy iste’molchilarga tatbiq etilmaydi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Toshkentda Barkamol avlod bolalar maktabi festivali o‘tkaziladi