Jahon

AQShda maxfiy hujjatlar mojarosi davom etmoqda

Трамп ва Майкл Пенснинг уйи яна тинтув қилинди.

AQShda maxfiy hujjatlar mojarosi davom etmoqda

 

AQShning 45-prezidenti Donald Trampning advokatlari Floridada joylashgan Mar-a-Lagodagi mulkidan maxfiy hujjatlar va sobiq davlat rahbari yordamchisining noutbukini topdi.

 

Ma'lumotlarga ko'ra, ular FQBga topshirilgan. Bundan tashqari, FQB xodimlari Indianada sobiq vitse-prezident Mayk Pensning yana bir maxfiy hujjatini topishgan.

 

 

Pens matbuot kotibining aytishicha, uning advokatlari besh soat davom etgan tintuvga rozi bo'lgan. Sobiq vitse-prezident advokatlarga “tegishli organlar bilan hamkorlikni davom ettirish va jarayon tugaguniga qadar to‘liq ochiq bo‘lish”ni aytdi.

 

Topilgan maxfiy hujjatlar bilan bog‘liq janjal 2022-yilning yozida janob Trampni o‘z qarorgohida o‘tkazilgan tintuvlari vaqtida boshlangan. Kuzda amaldagi Prezident Jo Bayden, 2023-yil yanvarida esa janob Pens uyidan “sirli" deb belgilangan qog‘ozlar topilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"