Iqtisodiyot

Quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha 3 ta tender davom etmoqda

O‘zbekiston tarixida ilk marta aholi xonadonida o‘rnatilgan quyosh panellari yordamida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini davlat tomonidan sotib olish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha 3 ta tender davom etmoqda

 

So‘nggi 3,5 yil ichida umumiy quvvati 2 897 megavattga teng bo‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikda 10 ta bitim imzolandi.

 

Loyihalarni amalga shirilishini taʼminlash yuzasidan Prezidentimiz tomonidan 10 ta qaror imzolandi.

 

Loyihalarning umumiy qiymati qariyb 3 milliard AQSH dollarni tashkil etadi. Ularning barchasi xorijiy kompaniyalar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladi.

 

2021 yilning avgust oyida Navoiy viloyatining Karmana tumanida birinchi 100 megavatt quvvatli yirik quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.

 

2022 yilning may oyida Samarqand viloyatining Nurobod tumanida 100 megavatt quvvatli yirik quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.

 

2023-2024 yillarda Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida umumiy quvvati 1 197 megavatt bo‘lgan 5 ta quyosh va shamol elektr stansiyalari foydalanishga topshiriladi.

 

2024-2025 yillarda Buxoro va Navoiy viloyatida har birining quvvati 500 megavattdan bo‘lgan 3 ta shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi.

 

2026-yilga borib O‘zbekistonda umumiy quvvati 8 000 megavattga teng bo‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalari, 868 megavatt quvvatga ega gidroelektr stansiyalari ishga tushiriladi.

 

O‘zbekistonda umumiy quvvati 1000 MVt bo‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha 3 ta tender tanlovlari davom etyapti.

 

Birinchisi, Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari;

 

Ikkinchisi, Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida 300 MVt quvvatli quyosh elektr stansiyasi va energiya saqlovchi tizimlar;

 

Uchinchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 200 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi.

 

O‘zbekiston tarixida birinchi marta aholi xonadonida o‘rnatilgan quyosh panellari yordamida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini davlat tomonidan sotib olish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

 

Davlat xonadonlarda o‘rnatiladigan quyosh panellari va quyosh suv isitish qurilmalarini o‘rnatishda jismoniy shaxslarga bir qator imtiyozlar joriy qilmoqda.

 

Jismoniy shaxslar quyosh panellari va quyosh suv isitish qurilmalarini onlayn sotib olish uchun platforma ishga tushirildi.

 

Ushbu qurilmalarni 3 yil muddatda foizsiz bo‘lib to‘lash yoki davlat tomonidan kompensatsiya qilish orqali xarid qilish mumkin

 

 

2022-yil oxiri va 2023-yil boshida tanlov yakunlanadi va investorlar aniqlanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"