Shifokorlarga tobora ko‘proq travmatolog xizmati kerak bo‘lib bormoqda

So‘nggi paytlarda O‘zbekistonda shifokorlarning do‘pposlanish holatlari ko‘payib boryapti.

Shifokorlarga tobora ko‘proq travmatolog xizmati kerak bo‘lib bormoqda

 

Dunyoda Yaratgan tomonidan ulug‘langan ikkita kasbning birinchisi — o‘qituvchilik bo‘lsa, ikkinchisi — shifokorlikdir. O‘z kasbiga sodiq shifokorlar har kuni barchamizga sidqidildan xolis xizmat qilib, insonparvarlik namunasiga aylanib bormoqda. Shunga qaramay, tibbiyot xodimlari bilan bog‘liq noxush vaziyatlar tez-tez uchrab turibdi. 

 

Uyimizga bizni davolash uchun kelgan «tez yordam»ni 5 minut ertaroq kelmading deb, kaltaklashgacha borish, ularni turli behayo so‘zlar bilan haqorat qilish va sog‘ligidan ayirish... 

 

Ularni ijtimoiy himoyalash barobarida, huquqiy manfaatlarini ta’minlash ham ayni paytda dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. 

 

Ma’lumotlarga qaraganda, 2010-2022 yillarda mamlakatimizda 285 dan ortiq holatda tibbiyot xodimlariga nisbatan turli shakldagi tajovuzlar qilingan. Birgina Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududlardagi filiallarida 2018 yil va 2019 yilning o‘tgan uch oyi davomida 40 dan ziyod tibbiyot xodimlariga bemor va bemor qarindoshlari tomonidan tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq holatlar qayd etilgan. Ularning aksariyati bo‘yicha huquq-tartibot organlari tomonidan tegishli choralar ko‘rilgan bo‘lsada, hamon yetarli chora ko‘rilmagan holatlar ham mavjud. 

 

Biroq amaldagi qonunchilikda xizmat vazifasini bajarib turgan tibbiyot xodimlariga nisbatan tajovuz qilganlik, tibbiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyatga to‘sqinlik qilganlik uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri javobgarlik belgilanmagan. Bu esa amaliyotda aybdor shaxslar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning turli moddalariga asosan javobgarlikka tortilishiga, ularga qilmishga yarasha jazo tayinlanmay qolishiga sabab bo‘lmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida deputatlar “Tibbiyot xodimining faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini muhokama qildilar.

 

Ushbu qonun loyihasi bilan endilikda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks yangi modda bilan to‘ldirilib, unda tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga turli shaklda qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazgan fuqarolarga 1,5 million so‘mdan 2,1 million so‘mgacha, mansabdor shaxslarga esa 2,1 million so‘mdan 3 million so‘mgacha jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq belgilanmoqda.

 

Xulosa qilib aytganda, “Salomatlik – tuman boylik”dek ne’matimizni asrab-avaylab kelgan shifokorlarga tahdid qilish ularning ruhiyatiga salbiy ta’sir qilishi bilan bir qatorda, o‘sib kelayotgan avlodni ushbu kasbga bo‘lgan qiziqishini ham so‘ndiradi.  Kuni kecha Shifokorlar kuni munosabati bilan tibbiyot xodimlari ulug‘landi, ularning sha’niga yuksak so‘zlar bitildi. Biroq bu ehtirom faqat muayyan sanalarda emas, har kuni har vaqt bo‘lmog‘i lozim. Zero,“Ta’lim al-mutaallim” kitobida shunday deyilgan: “Tabib va muaallim yetarlicha ikrom qilinmas ekan, aslo ulardan yaxshilik kutmang!”. Ya’ni tabib bilan muallimdan samarali natija olish uchun ularning mehnatini yetarlicha qadrlash darkor.

 

custom img

“Ravshan Zolotoy” nomi bilan tanilgan shaxs xalqaro qidiruvga berildi

Ravshan Muhitdinov mulkni qasddan yo‘q qilish yoki shikastlash, jinoiy uyushma tashkil etish hamda bezorilik bilan ayblanmoqda

custom img

Pentagon Eronga qarshi yangi operatsiya boshladi

Bu operatsiya “Epik g‘azab”ning kengaytirilgan bosqichi ekani aytilmoqda.

custom img

AQSh armiyasi 12 yildan so‘ng Suriyadan chiqib ketdi

Suriya armiyasi mamlakat hududida ilgari AQSh harbiylari joylashgan deyarli barcha harbiy obyektlar ustidan to‘liq nazoratni qo‘liga oldi.

custom img

“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Unga o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan 300 million so‘m asossiz olingan

Narxnomada ko‘rsatilgan, ammo amalda ishlatilmagan materiallar uchun ham fuqarolardan to‘lov undirilgan.

custom img

Qozog‘istonda yashash ruxsatnomasi uchun qozoq tilini B1 darajada bilish talab qilinmoqda

Yangi tartib tafsilotlari yaqin kunlarda rasmiy manbalarda e’lon qilinishi kutilmoqda.

custom img

Andijonda ayol eriga noto‘g‘ri ukol qilib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qayd etilishicha, jalaquduqlik ayol tibbiyot kollejini qizil diplomga tamomlab, oila aʼzolariga tibbiy muolajalar ko‘rsatib kelgan. Shamollagan turmush o‘rtog‘iga antibiotik qo‘llaganidan keyin uning tili orqaga ketib qolgan.

custom img

Siyosatdan K-pop’gacha: TIME 2026-yilning eng nufuzli 100 kishisini e’lon qildi

Ro‘yxatdan siyosat, san’at, sport, biznes va boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan yetakchi shaxslar o‘rin olgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"