O'zbekiston

Sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatuvchi ayrim kompaniyalar litsenziyasi to‘xtatildi

“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunning 32-moddasiga asosan litsenziya talablari va shartlari buzilishi aniqlanganligi sababli ayrim kompaniyalar litsenziyasi to‘xtatildi.

Sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatuvchi ayrim kompaniyalar litsenziyasi to‘xtatildi

 

“SEMURG SUG‘URTA” AJ QKning 2022 yil 25 fevraldagi SF 00039-sonli, “ISHONCH SUG‘URTA KOMPANIYASI” AJ QKning 2022 yil 25 fevraldagi SF 00045-sonli, “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning 2017 yil 11 dekabrdagi SF 00222-sonli hamda “XALQ SUG‘URTA” AJning 2022 yil 25 fevraldagi SF 00054-sonli litsenziyalarining amal qilish muddati 2022 yil 03 iyun sanasidan boshlab o‘n kun muddatga to‘xtatildi.

 

Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, bu davr mobaynida sug‘urtalovchiga yangi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini tuzish, shu jumladan amaldagi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini uzaytirish taqiqlanadi. Ilgari tuzilgan sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalari bo‘yicha esa o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini belgilangan tartibda bajarishi shart.

 

Sug‘urta tashkilotlari tomonidan ular faoliyatidagi qonunchilik talablarining buzilishi holatlari bartaraf etilganligini asoslovchi hujjatlar ushbu muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligiga taqdim etilishi lozim.

 

Aks holda, ushbu sug‘urta tashkilotlariga nisbatan sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalarining amal qilishini qonunchilikda belgilangan tartibda o‘n kundan ortiq, lekin olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatish choralari ko‘riladi

 

custom img

“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Unga o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan 300 million so‘m asossiz olingan

Narxnomada ko‘rsatilgan, ammo amalda ishlatilmagan materiallar uchun ham fuqarolardan to‘lov undirilgan.

custom img

Andijonda ayol eriga noto‘g‘ri ukol qilib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qayd etilishicha, jalaquduqlik ayol tibbiyot kollejini qizil diplomga tamomlab, oila aʼzolariga tibbiy muolajalar ko‘rsatib kelgan. Shamollagan turmush o‘rtog‘iga antibiotik qo‘llaganidan keyin uning tili orqaga ketib qolgan.

custom img

Berlinda ilk bor O‘zbekiston–Germaniya kasbiy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi

Germaniyadagi ish beruvchilar bilan bir nechta hamkorlik shartnomalari imzolandi.

custom img

Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 30 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga harbiy tayyorgarlik va Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan axborot taqdim etildi.

custom img

Sobiq IIV o‘rinbosari Bеkmurod Abdullayev garov evaziga ozod etildi

U davlatga yetkazilgan 200 mlrd so‘m zarar to‘liq qoplangach qamoq ehtiyot chorasi garov evaziga o‘zgartirilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

2030-yilgacha kommunal infratuzilmani yanada rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

custom img

2026-yil maydan ayrim IESlarda elektr energiyasi ishlab chiqarish tariflari oshiriladi

O‘zgarishlar aholi va yakuniy iste’molchilarga tatbiq etilmaydi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatuvchi ayrim kompaniyalar litsenziyasi to‘xtatildi