Siyosat

BMT Bosh assambleyasi Shavkat Mirziyoyevning tashabbusini qo‘llab-quvvatladi

14 dekabr kuni BMT Bosh assambleyasi “Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishishni jadallashtirishda parlamentlarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi rezolyutsiyani bir ovozdan maʼqulladi.

BMT Bosh assambleyasi Shavkat Mirziyoyevning tashabbusini qo‘llab-quvvatladi

 

14-dekabr kuni BMT Bosh assambleyasi “Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishishni jadallashtirishda parlamentlarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi rezolyutsiyani bir ovozdan maʼqulladi.

 

Ushbu rezolyutsiyani qabul qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020 yilda BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surilgan edi.

 

Rezolyutsiyada COVID-19 pandemiyasidan keyingi davrda hech kimni eʼtibordan chetda qoldirmaslikni taʼminlagan holda keng ko‘lamli, barqaror va izchil tiklanishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida hamjihatlik, birdamlik va har tomonlama hamkorlikka sodiqlikni mustahkamlashda parlamentlarning muhim o‘rni qayd etiladi.

 

Bosh assambleya davlatlarni parlamentlarni qo‘llab-quvvatlashga, ularni BRMga erishish bo‘yicha kelgusi faoliyat va ularning erishilishini kuzatish jarayonlariga, ayniqsa, ixtiyoriy milliy maʼruzalarni tayyorlashga jalb qilish, shuningdek, milliy masʼuliyat va hisobdorlikni taʼminlash va kuchaytirish uchun ularga yordam berishga chaqiradi.

 

Xotin-qizlarning qonun chiqaruvchi organlar ishida va parlament jarayonlarida to‘liq, teng huquqli va taʼsirchan ishtirokiga ko‘maklashish orqali BRMga erishishni jadallashtirishga qaratilgan saʼy-harakatlarning markaziy omili sifatida gender tenglikni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilgan.

 

2030 yilga qadar bo‘lgan davrdagi kun tartibining muvaffaqiyatli amalga oshirilishida yoshlarning o‘rni va hissasi muhimligi, yoshlarning parlament jarayonlarida to‘liq, teng huquqli va taʼsirchan ishtirokini taʼminlash zarurligi eʼtirof etilgan.

 

Dunyoning barcha qitʼalaridagi 80 ta davlat, shu jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlari, Avstriya, Bangladesh, Bahrayn, Belgiya, Germaniya, Jazoir, Ispaniya, Indoneziya, Italiya, Kolumbiya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Misr, Niderlandiya, Norvegiya, Pokiston, Portugaliya, Rossiya, Singapur, Finlyandiya, Fransiya, XXR, Shvetsiya, Yaponiya, Qatar va boshqalar hujjatning hammualliflari bo‘ldi.

 

BMT tuzilmalari va boshqa xalqaro tashkilotlar rezolyutsiyani olqishladilar. Rezolyutsiya parlamentlar uchun o‘ziga xos dasturilamal bo‘lishi, BRMni jadal amalga oshirish bo‘yicha saʼy-harakatlarini faollashtirishi qayd etilmoqda.

 

Parlamentlararo ittifoq ushbu hujjatni 2023 yil sentyabr oyida BMT Bosh assambleyasi 78-sessiyasining Oliy darajadagi haftasi doirasida bo‘lib o‘tadigan BRM sammitiga tayyorgarlik yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholadi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21–22-aprel kunlari amaliy tashrif bilan Ostona shahrida boʻladi

Oʻzbekiston Prezidenti tashrif doirasida Mintaqaviy ekologik sammit va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi yig‘ilishida ishtirok etadi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

“INNOPROM” ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, yangi texnologik va sanoat loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

custom img

MDH mamlakati tashqi ishlar vazirlari uchrashdi

MDH mamlakatlari sheriklikni har tomonlama mustahkamlashga qaratilgan 10 ta qarorni qabul qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Sergey Kiriyenko bilan uchrashuv o‘tkazdi

Savdo, IT va energetika sohalarida qo‘shma loyihalar ko‘rib chiqildi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

Atom energetikasi va raqamli sohalarda hamkorlikni kuchaytirish muhokama qilindi.

custom img

Toqayev Qozog'istonga yetib borgach, Mirziyoyevga maktub yo'lladi

Qozog‘iston yetakchisi Buxoro shahriga amaliy tashrifi chog‘ida ko‘rsatgan alohida mehmondo‘stlik va samimiyat uchun Shavkat Mirziyoyevga chin dildan minnatdorlik bildirgan.

custom img

Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Tadbir yakunlangach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari kuzatib qo‘ydi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar

Tashrif davomida Prezidentlarga tarixiy yodgorliklar va hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"