Tarixga kirgan xatolar: sevimli taomlarimiz qanday paydo bo‘lgan?

Bugun biz uchun oddiy bo‘lgan ba’zi narsalar kutilmaganda kashf qilingan.

Tarixga kirgan xatolar: sevimli taomlarimiz qanday paydo bo‘lgan?

 

Tarixda oshpazlarning xatolari sabab tasodifan paydo bo‘lgan taomlar juda ko‘p. Zamonaviy oshpazlarning baxtiga internetda deyarli barcha taomning tayyorlanish usuli yozilgan. Ammo bugun biz uchun oddiy bo‘lgan narsalar kutilmaganda kashf qilingan. 

 

Mevali muzqaymoq

 

Bu muzlatilgan shirinlikni 11 yoshli Frenk Epperson o‘ylab topgan. U o‘zi uchun shirin gazli suv tayyorlashni yoqtirgan. Ammo bir kun u ichida cho‘p qolib ketgan idishni hovlida  unutib qoldiradi, idishdagi mahsulot esa tunda muzlab qoladi. Tongda bolakay uni eritib ichishning o‘rniga shu holaticha yeb qo‘yadi. Mevali muzqaymoqning birinchi xaridorlari bolakayning qo‘shnilari va o‘rtoqlari bo‘ladi. Tez orada shirinlik dunyo bo‘ylab mashhur bo‘ldi. 

 

Shokolad qirindisili pechenye

 

1930 yilda amerikalik Rut Ueykfild katta oila uchun pechenye tayyorlayotganida uyida kakao qolmaganini ko‘radi. U kakaoning o‘rniga shokolad bo‘laklaridan foydalanishga qaror qiladi. U shokoladning pechda erishini kutgan edi. Ammo natijada hozirgacha mashhur bo‘lgan yangi pechenye turi paydo bo‘ldi. 

 

Konusli muzqaymoq

 

Stakanli muzqaymoq qanday paydo bo‘lgani haqida hech kim o‘ylab ham ko‘rmagan bo‘lsa kerak. Ammo u ham 1904 yil yozida tasodifan o‘ylab topilgan. O‘shanda muzqaymoq sotuvchisining plastik stakanlari tugab qolgan va u yonginasidagi konditerlik do‘konidan vaflili stakan tayyorlab berishni so‘radi. Do‘kon unga vafli plastinkalarini taklif qilgan, muzqaymoqchi esa bu plastinkalarni konus shakliga keltirib, ichiga muzqaymoq soldi. 

 


Chipslar 

 

Millionlar sevgan “snek” 1853 yilda Moon’s Lake House restoranida paydo bo‘lgan. Bir kuni restoran mijozlaridan biri qovurilgan kartoshkaning qalinligidan shikoyat qilgan. Shunda  bosh oshpaz kartoshkani maksimal yupqa qilib kesib, tuz va ziravorlar bilan qovurgan. Mijoz bu taomdan lol qolgan.

 

custom img

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan 300 million so‘m asossiz olingan

Narxnomada ko‘rsatilgan, ammo amalda ishlatilmagan materiallar uchun ham fuqarolardan to‘lov undirilgan.

custom img

Qozog‘istonda yashash ruxsatnomasi uchun qozoq tilini B1 darajada bilish talab qilinmoqda

Yangi tartib tafsilotlari yaqin kunlarda rasmiy manbalarda e’lon qilinishi kutilmoqda.

custom img

Andijonda ayol eriga noto‘g‘ri ukol qilib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qayd etilishicha, jalaquduqlik ayol tibbiyot kollejini qizil diplomga tamomlab, oila aʼzolariga tibbiy muolajalar ko‘rsatib kelgan. Shamollagan turmush o‘rtog‘iga antibiotik qo‘llaganidan keyin uning tili orqaga ketib qolgan.

custom img

Siyosatdan K-pop’gacha: TIME 2026-yilning eng nufuzli 100 kishisini e’lon qildi

Ro‘yxatdan siyosat, san’at, sport, biznes va boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan yetakchi shaxslar o‘rin olgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Berlinda ilk bor O‘zbekiston–Germaniya kasbiy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi

Germaniyadagi ish beruvchilar bilan bir nechta hamkorlik shartnomalari imzolandi.

custom img

Jizzaxda FVB mansabdori pora bilan ushlandi

U yong'in xavfsizligi talablarini buzgan muassasa rahbaridan ishni sudga oshirmaslik uchun pul talab qilgan.

custom img

Isroil va Livan vaqtinchalik sulhga erishdi

Hizbulloh ham sulhga qo‘shilishga rozi bo‘lgan va Isroildan qo‘shinlarini olib chiqishni talab qilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Tarixga kirgan xatolar: sevimli taomlarimiz qanday paydo bo‘lgan?