Jahon

Nigeriyada tekin oziq-ovqat tarqatish vaqtida katta tiqilinch yuzaga keldi

Oqibatda 31 kishi halok bo‘lgan.

Nigeriyada tekin oziq-ovqat tarqatish vaqtida katta tiqilinch yuzaga keldi

 

Nigeriyada tekin oziq-ovqat uchun tiqilinchda 31 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar bermoqda. 


Qayd etilishicha, Rivers shtatidagi Port-Xarkort cherkovi yaqinida tekin oziq-ovqat va kiyim-kechak tarqatish vaqtida juda katta olomon to‘plangan. Mahalliy polisiya vakili halok  bo‘lganlar orasida homilador ayol va uch nafar bola borligini ma’lum qildi. 


Hozirda cherkov yuridik maslahatchisi va xayriya dasturi tashkilotchisi hibsga olingan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"